"Chanchun Yatai"da g'alaba, Anzur Ismoilovda 90 daqiqa

Narzulla Saydullayev
27 sen 2015
Xitoy Superligasida 27-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Anzur Ismoilov to'p tepayotgan "Chanchun Yatai" klubi o'z maydonida "Xandjou Luchen"ga qarshi o'ynadi. O'yinda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchishdi. Ismoilov "Chanchun" safida doimgidek to'liq o'ynadi. Mario Tot shogirdlari 34 ochko bilan musobaqa jadvalining 8-pog'onasida borishmoqda.

Klub keyingi o'yinni 18 oktyabr kuni o'z safarda "Shanxay Shenxua"ga qarshi o'tkazadi.

Xitoy Superligasi
"Chanchun Yatai" - "Xandjou Luchen" 1:0
Gol:
Sun Jie 68



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia