"ChaCha Mustaqillik kubogi"-2018. Yarim finalchilar ma'lum

Xayrulla Xoliqov
17 avg 2018, 13:26
Toshkentda davom etayotgan "ChaCha Mustaqillik kubogi"-2018 musobaqasida ishtirok etayotgan 2006 yilda tug'ilgan futbolchilar bugun chorak final o'yinlarini o'tkazishdi.

Musobaqaning chorak finalidan o'rnin olgan har bir bahs o'ziga yarasha qiziq kechdi. Chorak finalning dastlabki ikki o'yinida BO'SM-16 bilan "Odil Junior" o'z raqiblarini bir xil 1:0 hisobida mag'lub etdi. "Paxtakor" tarbiyalanuvchilari penaltilar seriyasi evaziga zafar quchgan bo'lsa, "Lokomotiv" futbolchilari 2:0 hisobida g'alaba qozonib yarim final yo'llanmasiga ega bo'lishdi.

Ma'lumki, "ChaCha Mustaqillik kubogi"-2018 O'FA, "Odil Junior" bolalar futbol maktabi, TFA, “Championat.asia” sayti hamkorligida o'tkazilmoqda va musobaqaning bosh homiysi “ChaCha“ savdo belgisi hisoblanadi.

Quyida chorak final natijalarini keltirib o'tamiz:

#1. BO'SM-16 - "Chig'atoy" 1:0
#2. "Bunyodkor-B"- "Odil Junior" 0:1
#3. "Paxtakor" - "Odil Junior-2" 1:1 (penaltilar seriyasi 4:2)
#4. "Lokomotiv" -  Toshkent Akademiya 2:0

Bugun bo'lib o'tgan bahslardan so'ng musobaqaning yarim final juftliklari quyidagicha ko'rinish oldi:

1/2 final. 18 avgust. "Bunyodkor" stadioni
8:30. BO'SM-16 - "Paxtakor"
8:30. "Odil Junior" - "Lokomotiv"

"ChaCha Mustaqillik kubogi"-2018 musobaqasining 2006 yilda tug'ilgan futbolchilar uchun final bahsi 19 avgustda o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia