Seytlin boshqargan o'yinlarda "Nasaf" o'tgan yil faqat yutgan

Narzulla Saydullayev
24 apr 2016, 16:20
Bugun oliy ligada 6-tur o'yinlari davom ettiriladi. Odatdagidek, hakamlarning o'tgan yilgi statistikasiga to'xtalamiz.
24 aprel (yakshanba)
QO'QON-1912 - QIZILQUM
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), D. Akmalov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O'zPFL vakili: V. Letkin.

"Qo'qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvini andijonlik Temur To'xtasinov boshqaradi. Bu hakam 2015 yil mazkur juftlikdagi jamoalarning jami uchta o'yinini boshqargan. Qizig'i, har uchchala bellashuv ham 2:1 hisobida yakunlangan. Yani, ikki o'yinda mezbonlar 2:1 hisobida, bir bellashuvda mehmonlar 1:2 hisobida g'alaba nashidasini surgan.

2015 yil. "Qo'qon-1912" jamoasi ishtirokidagi uchrashuvlar
SO'G'DIYONA - QO'QON-1912 - 2:1
QO'QON-1912 - METALLURG - 2:1

"Qizilqum" jamoasi ishtirokidagi uchrashuv

 BUXORO - QIZILQUM - 1:2

BUXORO - NASAF
Hakamlar:
V. Seytlin (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Frolov.

Turning markaziy o'yinlaridan biri Buxoroda bo'lib o'tadi. Tajribali hakam Vladislav Seytlin boshqarib boradigan bellashuv qiziqarli kechishiga shubha yo'q. Ahamiyatlisi, "Buxoro" 2015 yil Seytlin boshqargan o'yinda o'z uyida "Metallurg"ga imkoniyatni boy bergan - 0:3. "Nasaf" esa, aksincha, 4ta bahsning barchasida g'alaba nashidasini surgan.

2015 yil. "Buxoro" jamoasi ishtirokidagi uchrashuv
BUXORO - METALLURG - 0:3

"Nasaf" jamoasi ishtirokidagi uchrashuvlar

NASAF - LOKOMOTIV - 2:1
NASAF - MASH'AL - 3:0
QO'QON-1912 - NASAF - 1:3
SO'G'DIYONA - NASAF - 1:2
 
OLMALIQ - NAVBAHOR
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
O'zPFL vakili: SH. Rajabov.

Viktor Serazetdinov hakamlik qiladigan "Olmaliq" - "Navbahor" bahsi ham qiziqarli kechishiga shubha yo'q. Serazetdinov 2015 yil "Olmaliq" uchun omadsiz hakamga aylangan. Igor Shkvirin jamoasi Serazetdinov hakamlik qilgan ikki o'yinni o'z uyida o'tkazib, g'alaba qozona olmagan. "Navbahor" esa, safarda "Paxtakor"ga yutqazgan.

2015 yil. "Olmaliq" jamoasi ishtirokidagi uchrashuvlar
OLMALIQ - LOKOMOTIV - 2:2
OLMALIQ - MASH'AL - 1:3

"Navbahor" jamoasi ishtirokidagi uchrashuv
 PAXTAKOR - NAVBAHOR - 1:0

SHO'RTAN - LOKOMOTIV
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), R. Serazetdinov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: X. Muxtarov (Samarqand).
O'zPFL vakili: G. Rtveladze.

Omadsizlik qurshoviga tushib qolgan "Sho'rtan" mazkur turda "Lokomotiv" bilan kuch sinashadi. Tantashev boshqaradigan o'yin qaysi jamoaga g'alaba taqdim qilishini uchrashuv yakunlanganidan keyin bilib olamiz. Zero, jamoalar o'tgan yili mazkur hakam boshqargan bellashuvlarda g'alaba qozona olgan.

2015 yil. "Sho'rtan" ishtirokidagi uchrashuv
SHO'RTAN - MASH'AL - 1:0

"Lokomotiv" ishtirokidagi uchrashuvlar
LOKOMOTIV - ANDIJON - 2:0
ANDIJON - LOKOMOTIV - 1:2

Furqatbek Nishonov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia