CAS "Barselona" borasidagi so'nggi qarorga keldi

Mirjalol Normatov
23 yanv 2019
CAS (Sport Arbitraj sudi) "Levante"ning appelyaciyani qanoatlantirmadi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" ikki o'yinga ko'ra (1:2 va 3:0) "Levante"ni Ispaniya kubogidan chiqarib yuborgandi. Ushbu bahsda kataloniyaliklar diskvalifikaciya qilingan Xuan Brandarizni maydonga tushirgandi. Shu boisdan "Levante" bu borada CASga murojaat bilan chiqqandi.

CAS bunga javobini berdi. Tashkilot "Barselona"ni turnirdan chiqarib yuborish uchun etarlicha sabab yo'qligini ma'lum qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Iusport