

“Liverpul”ning menga qiziqayotganligi haqida gap so'zlar bo'lganidan xabarim bor. Ammo men o'sha vaqtda bu jamoaga o'tish vaqti hali yetib kelmagan deb hisobladim. Men bir nechta uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushib, keyin zaxiraga o'tirib qolishim mumkin edi. Bilishimcha, “Liverpul” vaqtincha hujum chizig'ini kuchaytirish uchun futbolchi izlagandi.
Men futbolchi sifatida o'sib, katta klublarda to'p tepishni istayman. Shu sabab vaqti soati kelganida Yevropaning top jamoasida munosib to'p tepishimga ishonaman”, deydi Azmun.



