

Ushbu musobaqada Qirg'iziston, Tojikiston, Afg'oniston, Eron va O'zbekiston ayollar terma jamoalari ishtirok etishadi. Avvalroq, poytaxtimizga Qirg'iziston va Afg'oniston terma jamoalari yetib kelishgani haqida ma'lum qilgandik. Ushbu jamoalar mashg'ulot o'tkazishga ham ulgurishdi.
Bugun yurtimizga Tojikiston terma jamoasi ham yetib keldi. Tojikiston delegaciyasi a'zolari poytaxtimizdagi Ramada mehmonxonasiga joylashishdi.



