Cadena Ser: Luis Suares Barselonaga 90 million evroga ko'chib o'tadi

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2014, 12:11
Barselona Liverpul bilan Luis Suaresning transferi borasida kelishuvga erishdi.
Kataloniya klubi 27 yoshli urugvaylik futbolchi uchun 90 million evro to'laydi, deb xabar bermoqda Cadena Ser radiosi.

Eslatib o'tamiz, FIFA Suaresni JCH-2014 vaqtida Kellinini tishlab olgani uchun Urugvay terma jamoasining 9ta o'yini va 4 oyga diskvalifikaciya qildi.

Keyinroq Suares diskvalifikaciya vaqtida boshqa klubda tibbiy ko'rikdan o'tishi va mashg'ulotlarda ishtirok etishi mumkinligi haqida xabar chiqdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru