Championatasiaʼdan eksklyuziv. "Husanov tilni yaxshiroq uzlashtirayotgani rost" - Pep Gvardiola

Khoja
21 yanv 2026, 07:24
Saytimiz jurnalisti Abdulvosit Bektemirov "Budyo Glimt" - "Manchester Siti" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan eksklyuziv flesh-intervyu uyushtirdi.

- Birinchi bo'limda nimalar sodir bo'lganini tushuntirib bera olasizmi? Jamoa ikki daqiqa ichida ikkita gol o'tkazib yuborishi sababi nimada?

- Ha, gol o'tkazdik. Umuman olganda, yaxshi o'yin bo'ldi, lekin raqiblar juda yaxshi himoyalandi. Ularning tez hujumga o'tishlari va uzun to'plar bilan o'ynashlari, ayniqsa yarim maydonlardagi harakatlari bizga qiyinchilik tug'dirdi.

- Bugun Abduqodir Husanov "Manchester Siti" futbolchisi sifatida e'lon qilingani va jamoaga qo'shilganiga bir yil bo'ldi. O'sha vaqti Husanov ingliz tilini umuman bilmas edi. Hozir u jamoa bilan qanday muloqot qilmoqda? Ushbu vaqt mobaynida Husanov ingliz tilini o'rgandimi?

- U asta-sekin va qadamma-qadam tilni yaxshiroq o'zlashtiryapti, bu haqiqat.

- "Manchester Siti" himoya chizig'i va shahsan Husanovning bugungi o'yindagi harakatlariga qanday baho berasiz?

- Xo'sh, bilasizki, ular yangi o'yinchilar. Shuningdek, ushbu poziciyalarda ko'p yo'qotishlarimiz bor. Bilasiz, himoya chizig'ida ko'p muammolarimiz bor. O'tgan mavsumda ham shunday bo'lgan edi. Shu sababli oxirgi o'yinlarda barqaror natija ko'rsatishda qiyinchiliklarga duch kelyapmiz.


Abdulvosit Bektemirov Norvegiyadan maxsus 

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia