"CA" Andijonda "Paxtakor-79" xotirasiga bag'ishlab turnir o'tkazadi

Nadirkhuja Yuldashev
25 iyul 2016, 15:04
Musobaqa viloyatdagi "BFK Asia" jamoasi bilan hamkorlikda o'tkazilinadi.

Unda quyidagi jamoalar ishtirok etadilar. Musobaqa 11-14 avgust kunlari bo'lib o'tadi.

1. "BFK Asia" (Andijon)

2. "Neftchi" (Farg'ona)

3. "Qo'qon-1912" (Qo'qon)

4. "BFK Asia" - 2  (Andijon)

5. "Andijon" (Andijon)

6. "Chelano" (Toshkent)

7. "Navbahor" (Namangan)

8. "Istiqlol" (Marg'ilon)

Mazkur musobaqada 2005 yilda tavallud topgan futbolchilar ishtirok etadilar. Jamoalar ikki guruhga bo'lingan holda chempionlik uchun bahs olib boradilar.

Turnirni tashkil etishda, "BFK Asia"dan tashqari, FK "Andijon", Andijon viloyati futbol federatsiyasi va Toshkentning "Bunyodkor" jamoalari o'zlarining amaliy yordamlarini ko'rsatyaptilar.

Andijonda ko'rishguncha!


O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia