Byurki faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin

Alisher
4 yanv 2022
"Sent-Eten" Dortmundning "Borussiya" jamoasi darvozaboni Roman Byurkiga qiziqish bildirmoqda.

Roman hozirda dortmundliklarning uchinchi raqamli darvozaboni hisoblanadi.

31 yoshli shveytsariyalikning shartnomasi 18 oydan so'ng yakuniga etadi, shu sabab nemis klubi maoshi 5 million evro atrofida bo'lgan o'yinchini sotmoqchi.

Byurkining xizmatlariga "Atletiko", "Bazel" va "Karabax" klublari qiziqmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sky Germany