"Buxoro" yig'iniga turkmanistonlik darvozabon qo'shildi

Eldor Akmurzayev
23 yanv 2021
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Bugun jamoamiz a'zolari Farg'ona shahriga yetib kelishdi. Mehmonxonaga joylashgach jamoa ertaga bo'lib o'tadigan uchrashuv oldidan mashg'ulotlar olib bordi.

Bugun jamoamiz safiga turkmanistonlik darvozabon Raxat Japarov kelib qo'shildi. Japarov 1996 yil 22 yanvar kuni Turkmanistonning Mari shahrida tavallud topgan bo'lib 2019 yildan beri Turkmaniston terma jamoasi darvozaboni hisoblanadi. O'tgan mavsum Qirg'izistonning "Abdish Ata" klubida to'p tepgan.

Raxat Japarov bugun jamoamiz bilan ilk mashg'ulotlarini olib bordi", deb yoziladi klub xabarida.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ПФК "Бухоро" матбуот хизмати