"Buxoro" yangi futbolchilarini tanishtirdi

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2023
2-davrasida munosib ishtirok etishni maqsad qilgan jamoa yangi kelib qo'shilgan futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi.

Klub murabbiylari, muxlis va mutaxassislar, viloyat masullari ishtirok etgan mazkur tadbirda viloyat hokimining o'rinbosari Mirali Xamraev so'zga chiqib, o'z fikrlarini bildirib o'tdi. 

"O'ylaymanki mavsum oralig'ida klubga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar tezda jamoaga moslashib, klub rahbariyati va muxlislar ishonchini oqlashadi. Bu uchun ular bor kuch, mahorat hamda imkoniyatlarini ishga solishadi. 34 yillik shonli tarixga ega bo'lgan, vaqtida Oliy ligada sovrinli o'rinlar uchun kurashgan jamoaning tarixini tiklashimiz zarur", – dedi u.

Shundan so'ng davralar oralig'ida kelib qo'shilgan futbolchilarga klub liboslari topshirildi: 

2. Izzatillo Po'latov

7. Muhammadjon Rahimov 

8. Asliddin Tursunpo'latov

9. Jasur Xolto'raev

11. Shohruz Norxonov

15. Diyor Ortiqboev

22. Mahmud Jo'raboev

27. Shoxjahon Xayrulloev

50. Luka Kukich

77. Asilbek Qayumov

94. Frane Ikich

Eslatib o'tamiz "Buxoro" navbatdagi uchrashuvini 27 iyul kuni "Turon"ga qarshi o'tkazadi. Bahs 20:00 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати