"Buxoro" Superliga doirasida "Andijon"ga qarshi o'z maydonidagi 8 o'yindan beri yutqazmayapti

Оқил Абдубарноев
22 iyun 2023, 22:23
Ertaga Coca Cola Superligasining 13-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Andijon" uchrashuvi o'tkaziladi.

Qayd etish joiz, buxoroliklar Superliga doirasida 8 o'yindan beri o'z maydonida Andijonga yutqazmayapti. Vodiy klubi so'nggi marta 2008 yil yuqori diviziondagi safar uchrashuvida zafar quchgan.

Biroq Andijon o'tgan yil Pro ligada Buxoro maydonida 2:1 hisobida g'alaba qozonishni uddalagan. 

Eslatib o'tamiz, "Buxoro" - "Andijon" uchrashuvi 23 iyun kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia