

Ma'lum sabablarga ko'ra uchrashuv bekor qilindi. Shunga qaramay mashg'ulotlar rejaga asosan davom ettirilmoqda.
Yaqinda jamoa Alisher Sanoev bilan shartnoma imzolagani haqida ma'lumot bergan edik. Kecha “Buxoro” yana bir jamoa yetakchisi bilan yangi shartnoma imzoladi. “Buxoro”ning ko'p yillik sardori va yetakchisi Suhrob Ne'matov klub bilan kelishuvga erishdi va yangi mavsumni “Buxoro”da boshlashi aniqlashdi.
Suhrob Ne'matov 2015 yilgi mavsum davomida jamoa tarkibida eng ko'p uchrashuv o'tkazgani bilan ajralib turdi. O'tkazilgan 30 uchrashuvning 29 tasida Nematov maydonda harakat qildi. Jami 2326 daqiqa to'p surgan futbolchi 5 ta gol urishga muvoffaq bo'lgan va 5 marta ogohlantirilgan.ematov bilan hamkorlik davom ettirildi.



