"Buxoro" serbiyalik vinger bilan shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
3 fev 2026
"Buxoro" qishki transfer oynasida navbatdagi yurishini amalga oshirdi.

Serbiyalik vinger Vladimir Rodich "Buxoro" futbolchisiga aylandi. Tomonlar rasman shartnoma imzoladi. 

Vladimir Rodich 1993-yil 7-sentyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida tavallud topgan. Futbolchilik faoliyati davomida Serbiya, Shvetsiya, Turkiya, Norvegiya, Daniya kabi mamlakatlar chempionatlarida o'ynagan. 

2015–16 yillarda Shvetsiyaning "Malmyo" jamoasi tarkibida UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida "Real Madrid", PSJ" "Shaxtyor" klublariga qarshi to'p tepgan. Undan tashqari, Chernogoriya milliy terma jamoasi sharafini 5 ta uchrashuvda himoya qilgan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати