"Buxoro": Qarzdorliklar bugun to'liq bartaraf etiladi

Sherzod Nurmatov
10 noya 2022
Bugun "Eshitdik-da" rukni ostida "Neftchi", "Qo'qon-1912" va "Buxoro"dan uch ochko olib tashlanishi mumkinligi haqida material chop etgan edik.

Sal avval "Buxoro" klubi matbuot xizmati bunga javoban quyidagi xabarni chop etdi:

"Buxoro" futbol klubi 2022 yil 7 oktyabr kuni O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbolchilarning maqomi  va o'tishi bo'yicha qo'mitasi yig'ilishining BAYONI # 10-04 dan xabardor etilgan. Bayonnomada jamoamizda o'tgan yil va ushbu mavsumning birinchi davrasida jamoamizda to'p tepgan bir qator futbolchilardan qolgan qarzdorlik borligi ko'rsatib o'tilgan bo'lib, ushbu muammo bir oy ichida bartaraf etilishi belgilangan. Bunga javoban "Buxoro" jamoasi ushbu qarzdorlikni ikki marta, yani 15 noyabr yarim summani va 15 dekabr qolgan summani to'lab berishi haqida murojaat qilgan edi.

"Buxoro" futbol klubi rasman shuni ma'lum qiladiki, ushbu qarzdorliklar bugun, yani 10 noyabr 2022 yil ish kuni yakuniga qadar to'liq bartaraf etiladi", – deyiladi xabarda.

Eshitdik-da! "Neftchi", "Qo'qon-1912" va "Buxoro"dan uch ochko olib tashlanishi mumkin


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати