"Buxoro" PFK muxlislar va OAVni taqdimot marosimiga taklif etadi

Aslanov Jasurbek
27 fev 2016, 10:56
5 mart Buxoro jamoasi 2016 yilgi ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazadi.

Shu kuni oliy liganing 1-turida jamoamiz “Olmaliq” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv “Buxoro” sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Yangi mavsumdan oldin anana tusiga kirgan muxlislar bilan uchrashuv bu safar ham bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuv chog'ida “Buxoro” o'z safiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni rasmiy tarzda barchaga tanishtiradi. Uchrashuv davomida muxlislar o'zi xoxlagan murabbiy va futbolchilarga savol bilan murojaat qilishlari mumkin bo'ladi.

Futbolchilarni taqdimot marosimi Buxoro shahridagi  700 kishiga mo'ljallangan “Viloyat musiqa va drama teatri”da (mo'ljal: amfiteatr, otchopar) bo'lib o'tadi. Tadbir 29 fevral dushanba, soat 11:00da boshlanadi.

“Buxoro” PFK jamoaning ashaddiy va jonkuyar muxlislarini ushbu taqdimot marosimiga taklif etadi. Viloyatimizda va Respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan barcha jurnalistlarni, xususan televidenie, radio, gazeta va internet nashrlarida faoliyat yuritib kelayotgan ommaviy axbarot vositalarini ham ushbu tadbirga taklif etamiz.

Qo'shimcha ma'lumot uchun telefon: +99891 923-11-14

Eslatib o'tamiz, yangi mavsumdan oldin “Buxoro” PFK uchrashuvlarni bevosita stadiondagi media tribunadan turib tomosha qilish va yoritish uchun jurnalistlarni akkreditatsiyadan o'tkazish jarayoni davom etmoqda. Akkreditatsiya jarayoni 2 martga qadar davom etadi. Akkreditatsiyadan o'tganligini tasdiqlovchi hujjati (beydjik) bo'lmagan har qanday jurnalistga media tribunaga kirishi, mikst-zonada futbolchilar bilan intervyular uyushtirishi, uchrashuvlardan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etishi taqiqlanadi!


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfcbuxoro.com/