"Buxoro" nazorat uchrashuvida Gruziya klubi bilan durang o'ynadi

Iskandarov Abdulaziz
14 fev 2026
Superliga klublarining Antaliyada olib borayotgan yig'ini oxirlab bormoqda.

Jamoalar ayni paytda nazorat uchrashuvlari orqali optimal formaga kirib borishni maqsad qilgan. Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "Buxoro" kecha Gruziyaning "Spaeri" klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. O'yin tomonlarning 0:0 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.

"Buxoro" - "Spaeri" 0:0

"Buxoro": Umidjon Hamroev, Shahboz Jo'rabekov, Veljko Filipovich, Xurshid Muhtorov, Muhammad Yo'ldoshev, Javohir Ro'ziev, Sherzod Esanov, Timur Mamasidiqov, Asilbek Qayumov, Asadbek Jo'raboev, Shahzod Ubaydullaev

Zaxiradan tushganlar: Kirill Todorov, Sardor Qulmatov, Nodirbek Ahmadjonov, Abbos Umarov, Anvar Jo'raev, Ozodbek Rajabov, Ravshan Xayrullaev, Dominik Begich, Vladimir Rodich, Og'abek Mahmadaminov


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia