“Buxoro”: Muxlis va jurnalistlar diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
10 avg 2017, 14:24
Ma'lumki, davralar oralig'ida “Buxoro” bir nechta yangi o'yinchilarni o'z safiga qo'shib oldi.

Bugun,  ushbu yangi futbolchilarni keng ommaga rasman tanishtiruv marosimi o'tkaziladi. Mazkur tadbirga jamoamizga befarq bo'lmagan muxlislarni va qolaversa ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritib kelayotgan jurnalistlarni taklif etib qolamiz. Yangi futbolchilarni taqdimot marosimi “Buxoro sport majmuasi”da soat 17:30 da boshlanadi.

 "Buxoro" matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia