"Buxoro": "Lokomotiv" bilan o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
6 noya 2017, 15:18
Oliy liganing 27-turida “Buxoro” o'z maydonida “Qo'qon-1912” ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang natijani qayd etdi.

Bir kunlik tananaffusdan so'ng jamoamiz a'zolari bugun  Toshkent  shahrida yig'ildi va navbatdagi bahsga tayyorgarlikni boshladi. Ishqibozlarga  yaxshi ma'lumki, jamoamiz oliy liganing navbatdagi turini “Lokomotiv”ga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuv 8 noyabr kuni Toshkentdagi Lokomotiv stadionida  soat 16:30da boshlanadi. Doimgidek bir kun avval klublarning yoshlari  Toshkentdagi  “TTYMI”  o'yingohida o'zaro kuch sinashishadi. Ushbu o'yin soat 14:30 da start oladi.

“Buxoro” matbuot  xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia