"Buxoro" ko'rigidagi ikki legionerga javob berildi

Narzulla Saydullayev
6 fev 2015, 12:42
“Buxoro” jamoasi poytaxtda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Murabbiylar shtabi legionerlar limitidan to'liq foydalanish niyatida. Hozirda faqatgina bitta legioner, Plamadela bilan shartnoma imzolanganini aytib o'tgan edik. Yana ikkita legioner Dmitriy Bogdan hamda Vadim Chemertan jamoada ko'rikdan o'tayotgan edi.

Bogdan murabbiylar shtabida iliq taasurot qoldirayotgan edi, afsus u “Andijon” ga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat olib safdan chiqdi.Shu sababli murabbiylar shtabi ushbu futbolchini o'z yurtiga javob berib yuborishga majbur bo'lishdi.

Vadim Chemertan o'z navbatida bir nechta nazorat uchrashuvlarda maydonga tushdi. Uning xatti-harakatlari murabbiylar shtabiga maqul bo'lmadi, shu sababli ushbu legioner ham jamoa lagerini tark etdi.

Hozir bir qancha legionerlar bilan muzokaralar davom etmoqda. Yaqin kunlar ichida yangi legionerlar ko'rikdan o'tish uchun Toshkentga yetib kelishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com