"Buxoro" hujumchisi Davron Isoqov kam gol urayotgani nima bilan bog'liq?

Narzulla Saydullayev
14 sen 2021, 13:00
Pro-liganing 18-turida "Buxoro" safarda "Neftchi"ga qarshi o'ynadi.

O'yin 2:0 hisobida farg'onaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdan so'ng "Buxoro" hujumchisi Davron Isoqov fikrlariga quloq tutdik.

- "Uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko'rdik", - deya so'z boshladi Isoqov. "Neftchi" jiddiy raqib ekanligini bilardik. O'tkazib yuborilgan gollar jamoamiz o'yiniga ta’sir ko'rsatdi. Bazi vaziyatlarda omadimiz kelmadi. Shuni hisobiga muhim bahsda mag'lubiyatga uchradik.

- 2-bosqich bellashuvlariga qur'a tashlandi. "Buxoro"ning Superligaga chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?


- Hal qiluvchi pallaga yetib keldik. Oldimizda turgan bahslarda ochko yo'qotmasligimiz kerak. Superliga yo'llanmasidan mosuvo bo'lishni istamaymiz. O'z navbatida klub rahbariyati ham bizni qo'llab-quvvatlashda davom etsa, bu futbolchilarga qo'shimcha motivaciya beradi. Barchasi o'z qo'limizda.

- Joriy mavsumda "Buxoro" safida kam gol urmoqdasiz. Bu nima bilan bog'liq?


- Omad kelmayapti. Shuningdek, jamoada murabbiylar almashuvi ham sabab bo'ldi. Yangi kelgan murabbiyning taktikasiga tushish, u sizdan nima istayotganini to'liq tushunib etguncha vaqt o'tib ketmoqda. Umid qilamanki, kelgusi bahslarda gollar urib, jamoaga foyda keltirmoqchiman.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia