"Buxoro" bosniyalik darvozabonni o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
12 iyul 2023, 09:17
Ulug'bek Bakaev boshchiligidagi "Buxoro" jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Mazkur jarayon bilan birgalikda tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlab yuborgan klub bosniyalik darvozabon Luka Kukichni o'z safiga qo'shib oldi. Kiper jamoani tark etgan Nikola Stoshichning o'rnini egalladi. 

Ma'lumot uchun, Luka Kukich 1996 yilda tug'ilgan bo'lib, so'nggi jamoasi Bosniya va Gercogovinaning "Posushe" klubi hisoblanadi. Transfermarket portali darvozabonning narxini 300 000 evroga baholagan

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia