

Kecha jamoa tajribali yarim himoyachi Alisher Sanoevga yangi shartnoma taklif qildi. Sanoev ikkilanmasdan sharnomani qabul qildi va faoliyatini “Buxoro”da davom ettiradigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Alisher Sanoev o'tgan mavsumning ikkinchi davrasida Navoiyning “Qizilqum” jamoasidan taklif etilgan edi. Ikkinchi davrada u 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 989 daqiqa maydonda to'p tepdi. Ushbu uchrashuvlarda futbolchi 3 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan va 3 marta hakamlar tomonidan ogohlantirilgan.



