"Buxoro" 8 yildan so'ng oliy ligada bir o'yinda 5ta gol urdi

Narzulla Saydullayev
18 apr 2016, 10:01
Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Andijon" uchrashuvida mezbonlar 5:2 hisobida zafar quchishdi.

Shunday qilib, "Buxoro" 8 yildan so'ng oliy ligada bitta o'yinda beshta gol urishning uddasidan chiqdi. So'nggi bor klub 2007 yil 6 dekabr sanasida "Traktor"ga qarshi bahsda 5ta gol urishga erishgandi (5:3).

Ma'lumot uchun, "Buxoro" 2016 yilgi mavsumda birinchi bo'lib bir o'yinda 5ta to'p kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia