Busketsning tovon puli 0,5 mlrd bo'ladi

Aslanov Jasurbek
20 avg 2018, 15:51
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets klub bilan shartnoma uzaytirishga yaqin turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar barcha sohada kelishib olishdi va yaqin vaqt ichida bu haqida e'lon qilishadi. Yangi bitimga ko'ra, shartnoma 2023 yilgacha mo'ljallangan, Busketsning tovon puli esa 500 mln evro bo'ladi.

Xavbekning amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanishi kerak va unda belgilangan tovon puli 200 mln evro. Oldinroq, futbolchiga PSJ qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo