Busketsning "Real"ga qarshi maydonga tushishi so'roq ostida

Aslanov Jasurbek
5 mar 2015, 16:41
"Barselona" bosh murabbiy Luis Enrikening takidlashicha, Serxio Busketsning safga qaytish muddati ma'lum emas.

Yarim himoyachi "Vilyarreal"ga qarshi Ispaniya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida (3:1) jarohat olgan edi. Uning "Real" bilan o'yinda ishtirok etishi noma'lum.

"Buskets bir necha kunga safdan chiqdi. Uning oyoqqa turish muddatini tibbiy tekshiruvdan keyin e'lon qilamiz" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com