

"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets "Sevilya"ga qarshi bahsda to'pig'idan jarohat oldi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, futbolchining tiklanishi uchun 2-3 hafta vaqt kerak bo'ladi.
Shu tariqa, 34 yoshli xavbek Yevropa Ligasi doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi har ikki o'yinni ham o'tkazib yuborishi mumkin. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 27 ta o'yin o'tkazdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



