

"Biz uni sog'inamiz. Bundan xafaman, sababi birgalikda unutilmas lahzalarni boshdan kechirdik. U klub uchun ko'p narsa berdi. "Barsa" himoyasining bir qismi tarixga aylanmoqda", - dedi Buskets.
Eslatib o'tamiz, 3 noyabr kuni Pike “Barselona”dagi futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.
Pike "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kataloniya klubida himoyachi 14 yil davomida 8 marta Ispaniya chempioni, 7 marta Ispaniya kubogi va 6 marta mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, 3 marta Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempioniga aylandi.



