Buskets: "Bu "Barsa"dagi eng yomon mag'lubiyatim"

Tolibjon Qosimov
11 apr 2018, 14:31
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets YCHL chorak final javob uchrashuvi doirasida "Roma"dan uchralgan mag'lubiyat (0:3)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Menda bunchalik salbiy hissiyotlar bo'lmagan edi. Bu mening "Barsa"dagi faoliyatimda eng yomon mag'lubiyatim. Biz uchrashuvga yaxshi formada yetib kelgan edik, lekin mag'lubiyat hammasini o'chirib yubordi.

Endi qolgan sovrinlar uchun kurashamiz. Agar ularni qo'lga kiritsak mavsum yomon o'tmagan bo'ladi, shunga qaramay bugungi mag'lubiyat mavsumni xira qilib qo'ydi", - dedi Buskets.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football-italia.net