Buskets: "Bir kun kelib ingliz Premer-ligasida o'ynashni istayman"

Aslanov Jasurbek
23 fev 2015, 16:50
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets ingliz Premer-ligasiga baho berdi.

"Men zavq bilan Premer-liga o'yinlarini tomosha qilaman. Stadionlar to'la, maydon sifatli, matbuot o'zgacha, odamlar va madaniyat boshqacha. Hamma ingliz Premer-ligasi bilan zavqlanadi va men bir kun kelib bu chempionatda o'ynab ko'rmoqchiman. U yerda futboldan rohatlanishni istayman.

U yerda jismoniy kurash ko'p, ammo o'ylashicha bu liga menga mos. "Barselona"da menga hamma narsa yoqadi, ammo ingliz ligasida ham tajriba to'plash niyatim yo'q emas" - deydi Buskets.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com