

Roberto "Barsa"ning joriy mavsum Xerard Pike va Serxio Busketsdan keyin uchinchi sardori hisoblanardi. Agar 34 yoshli yarim himoyachi yozda Kataloniya klubini tark etsa, Roberto "Barsa"ning yangi sardoriga aylanadi.
Serxio allaqachon agentlarga "Barselona" bilan yana bir yoki ikki yilga mo'ljallangan yangi shartnoma imzolamoqchi ekanligini aytgan, biroq muzokaralar hali boshlanmagan.
Katta ehtimol bilan JCH-2022'dan so'ng Pike futboldan ketishi munosabati bilan Mark-Andre ter Shtegen "Barsa"ning navbatdagi sardoriga aylanadi.
30 yoshli Roberto joriy mavsumda "Barsa" safida barcha turnirlarda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



