Buskets "Barselona"dan ketadi, uning yangi jamoasi ham ma'lum

Mirjalol Normatov
27 dek 2022, 20:28
"Barselona" futbolchisi Serxio Buskets klub bilan shartnoma uzaytirishdan bosh tortdi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi 2023 yil yozida jamoadan ketadi. U faoliyatini "Inter Mayami" klubida davom ettirishni istamoqda.

Ushbu mavsumda Buskets Ispaniya chempionatining 12 o'yinida ishtirok etdi. U 2008 yildan buyon Kataloniya klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo