Burni singan Bonuchchi Shvetsiyaga qarshi o'ynashi mumkin, lekin...

Aslanov Jasurbek
12 noya 2017, 13:50
Italiya terma jamoasi himoyachisi Leonardo Bonuchchi Shvetsiyaga qarshi JCH-2018 saralash bosqichining pley-off bahsida (0:1) jarohat oldi.

Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan tibbiy tekshiruv natijasida futbolchining burni singani aniqlandi.

Himoyachi Shvetsiyaga qarshi javob uchrashuvida maydonga tushishi mumkin, biroq maxsus niqobda bu ishni amalga oshirishiga to'g'ri keladi.

Italiya va Shvetsiya terma jamoalari o'rtasidagi javob o'yini 13 noyabr kuni Milandagi "San-Siro" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports Italia