“Bunyodkor”ning Turkiyadagi tayyorgarligi boshlandi. FOTOJAMLANMA

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2014, 17:22
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mavsumning ikkinchi qisimiga Turkiyada tayyorgarlik ko'rmoqda.
Sergey Lushan boshchiligidagi jamoa a'zolari 9 iyul kuni Turkiyaga yo'l olishgandi. “Qaldirg'ochlar” bugun Istanbul yig'ini doirasidagi o'zlarining ilk mashg'ulotlarini olib borishdi.

Bugungi mashg'ulotlar uch mahal davom etdi. Dastlavval ertalab futbolchilarning jismoniy quvvatini oshiruvchi mashqlar bo'lib o'tdi. Kunduzi esa maydonda to'p va jismoniy tayyorgarliklar uyg'unlashgan mashqlar olib borildi. Kechki mahalgi mashg'ulotlar jarayonida esa futbolchilar faqat to'p bilan ishlashdi.

Ushbu HAVOLA orqali “Bunyodkor”ning Istanbuldagi birinchi mashg'ulot kunidan tayyorlangan fotojamlanma bilan tanishishingiz mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com