“Bunyodkor”ning “Qirol Fahd”dagi rasmiy mashg'uloti. VIDEO

Narzulla Saydullayev
24 fev 2015
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi “Al-Nasr” bilan o'yin oldidan “Qirol Fahd” stadionida o'zining rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi.
Bir soatga yaqin davom etgan mashg'ulotda “Bunyodkor” bilan Ar-Riyod shahriga olib kelingan barcha futbolchilar ishtirok etdishdi. Futbolchilarning hammasi soppa-sog' va uchrashuvga jangavor holatda tayyorlanishmoqda.

“Qirol Fahd” stadioni juda yaxshi holatda ekanligiga amin bo'ldik. Ayniqsa, maydon sifatiga a'lo baho berish mumkin.

Quyida “Bunyodkor”ning rasmiy mashg'ulotini tomosha qilishingiz mumkin.



Bahodir MIRZAEV
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com