"Bunyodkor"ning Eron klublari bilan o'yinlardagi statistikasi

Narzulla Saydullayev
16 mar 2016, 10:27
Toshkentning "Bunyodkor" klubi bugun OCHL 3-turida o'z uyida "Zob Ahan" klubini qabul qiladi.

"Qaldirg'ochlar" musobaqada shu paytgacha 16 marta Eron klublariga qarshi o'ynashgan.  Besh marta "Bunyodkor" g'alabaga erishgan bo'lsa 6 marta raqiblar ustun kelishgan. Qolgan besh uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan.

Aynan "Zob Ahan"ga qarshi ikki marta maydonga tushgan va ikkalasida mag'lub bo'lgan - 0:1 va 0:3.

Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" - "Zob Ahan" uchrashuvi, bugun 16 mart kuni soat 18:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia