"Bunyodkor"ning bugungi mashg'ulotida 40ga yaqin futbolchi ishtirok etdi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2021, 15:00
"Bunyodkor" jamoasi rejadagidek o'z qarorgohida mashg'ulotlarni qizg'in ravishda davom ettirmoqda.

Marat Miftaxuddinov murabbiyligidagi qaldirg'ochlar bugundan mashg'ulotlarni maydonda davom ettirdi. Mashg'ulotda 40 nafarga yaqin futbolchi ishtirok etdi. Murabbiylar shtabi ko'rikda o'zini ko'rsatishni istagan aksar yosh o'yinchilarga imkoniyat berishni maqsad qilgan. Shuning sababidan mashg'ulotlarga 10 nafardan ziyod yosh futbolchilar ko'rik uchun taklif etildi.  

Mashg'ulotlarda qatnashgan futbolchilar - Sarvar Karimov, Ravshan Yagudin, Akobir Qayumov, Lutfulla To'raev, Shahboz Erkinov, Anvar G'ofurov, Xurshid G'iyosov, Nurillo To'xtasinov, Abdulla Abdullaev, Mirjahon Mirahmadov, Farrux Ikromov, Rasul Yo'ldoshev, Ibrohim Ibragimov, Suhrob Izzatov, Sunnatilla Abdullajonov, Abdulaziz Abdusalomov, Valeriy Akopov, Muhammadodil Qahramonov, Boburbek Farhodov, Xurshid Ubaydullaev, Muzaffar Olimjonov, Sanjar Qodirqulov, Javohir Omonov, Saidmahmudxon G'ulomov, Javohir Ro'ziev, G'ayrat Azizxo'jaev.  

"Bunyodkor" mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Tarkibga "Oq-tepa" darvozaboni qo'shildi

"Bunyodkor" ham bugundan yig'inni boshladi. Jamoani ikki nafar futbolchi tark etdi, Anvar G'ofurov futbolchilik faoliyatini yakunladi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати.