"Bunyodkor"ning besh futbolchisi Turkiyaga uchib ketdi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2017, 11:39
"Bunyodkor" klubi kecha Qatarda "Al Jayish" klubini penaltilar seriyasida mag'lub etdi.

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:30da "Bunyodkor" klubi delegaciyasi o'tirgan samolyot Toshkent Xalqaro aeroportiga qo'nadi. Klubning besh nafar a'zosi Doxa-Istanbul-Antaliya yo'nalishida O'zbekiston milliy terma jamoasi ixtiyoriga jo'nab ketishdi. Bular Rustamjon Ashurmatov, Akromjon Komilov, Dostonbek Hamdamov, Otabek Shukurov va Eldor Shomurodov.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahrida 8–12 fevral kunlari navbatdagi o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazadi. Bu yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati oldinroq saytimizda e'lon qilingan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia