“Bunyodkor” yoshlari endi “Qo'qon-1912”ni mag'lubiyat uchratdi

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2014, 12:06
“Bunyodkor” yoshlari o'z oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ygan “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazdi.
Uchrashuv kuchli yomg'ir ostida boshlandi va ob-havo injiqligi sekin-asta qorga aylandi. Shunday bo'lsa-da, har ikkala jamoa a'zolari suniy maydonda chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilishdi.

Uchrashuv davomida “Bunyodkor” yoshlarida ham, “Qo'qon-1912” futbolchilarida ham gol kiritish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq ulardan oqilona foydalanishda futbolchilarga aniqlik yetishmadi. Bazi hollarda esa himoyachilarning bexato o'yini va darvozabonning mahorati ish berdi. Shu tarzda o'yin yakunlanib borayotgan bir pallada, aniqrog'i 87-daqiqada Dostonbek Hamdamov o'z mahoratini ishga solib, Aziz Ashurov qo'riqlagan darvozani aniq nishonga oldi va yosh “qaldirg'ochlar”ga g'alaba keltirdi.

Takidlash joizki, Aleksandr Mochinov boshchiligidagi yoshlarimiz bungacha o'tkazilgan nazorat uchrashuvlarida Qozog'iston BIIK jamoasini 7:0, “Olmaliq” yoshlarini 6:0 va yosh “temiryo'lchilar”ni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan edi.

“BUNYODKOR” (yoshlar) – “QO'QON-1912” 1:0
Gol
: Dostonbek Hamdamov 87
“Bunyodkor”: Zafar Safoev, Saidjon Topilov, Azizbek Mamazoitov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Dostonbek Hamdamov, Sanjar Rixsiboev, Ahror Umarjonov, Shoxrux Islomov, Xurshid G'iyosov, Temur Ayupov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Amir Ergashev, Tursun Rahimberdiev, Abdullox Abdulazizov, Baxtiyor Sodiq-Oxunov, Bosit Rixsiboev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com