“Bunyodkor” tanishtiruv marosimiga taklif etadi

Narzulla Saydullayev
9 fev 2015, 15:16
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mavsumlar oralig'ida o'z tarkibiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtiradi.
11 fevral, chorshanba kuni “Bunyodkor” stadionida soat 14:00da boshlanadigan ushbu marosim ikki qismdan iborat bo'ladi. Dastlabki qismda ommaviy axborot vositalari xodimlari “qaldirg'ochlar”ning yangi a'zolariga aylanishgan futbolchilar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shuningdek, tadbirning bu qismida klub rahbariyati tomonidan “Bunyodkor”ning yangi futbolchilariga ular uchun atalgan futbolkalar ham tantanali ravishda topshiriladi.

Taqdimot marosimiga OAVning barcha bo'g'inlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlarni taklif etamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com