"Bunyodkor" stadionida ayollar o'ynaydi: Superliga bahsi "Do'stlik"ka ko'chdi

Sherzod Nurmatov
26 iyun 2025, 14:49
Superliga 14-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "So'g'diyona" uchrashuvi 29 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida o'tkazilishi lozim edi.

"17 iyun kuni O'FA Ligaga xat yo'llab, "Bunyodkor" stadionida ayollar o'rtasida Osiyo Kubogining saralash uchrashuvlari o'tkazilishini, shundan kelib chiqib, Superliga o'yinini boshqa stadionga ko'chirishni so'radi. O'z navbatida, "Bunyodkor" O'FA bilan kelishgan holda "So'g'diyona" bilan uchrashuvni Do'stlik stadioniga o'tkazishga qaror qildi. "Bunyodkor" arenasida esa O'zbekiston, Nepal, Laos, Shri Lanka ayollari o'ynaydi. 

Ma'lumot uchun, Superliga va Pro liga reglamentiga ko'ra, rasmiy uchrashuv o'tkaziladigan stadion bellashuv startiga 20 kun qolganida aniq bo'lishi lozim. Biroq mazkur o'zgarish sababchisi "Bunyodkor" emasligidan kelib chiqib, Superliga o'yini mezbonlik bilan bog'liq barcha talablarni to'liq bajarish shartida boshqa stadionga ko'chirildi", – deyiladi Professional futbol ligasi xabarida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz