“Bunyodkor” sobiq futbolchisi legionerga aylandi

Alisher
20 noya 2021, 12:10
O'z vaqtida “Bunyodkor” va “Andijon” jamoalari sharafini himoya qilgan yarim himoyachi Nodir Mavlonov legionerga aylandi.

Nodir Bangladesh Premer-ligasining yangi ishtirokchisi “Svadhinata Krira Sangha” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu klub o'tgan mavsum birinchi liga chempioni sifatida Premer-ligaga yo'llanma oldi.

Eslatib o'tamiz, Nodir Mavlonov so'nggi jamoasi “Andijon” klubi bo'lgan edi. Shundan buyon erkin agent maqomida o'ziga yangi jamoa izlayotgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia