"Bunyodkor" raqibi “Fulad” Eron kubogi finaliga chiqa olmadi

Narzulla Saydullayev
5 fev 2014
Eron kubogining yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Osiyo Chempionlar ligasidagi raqibimiz – Axvazning “Fulad” klubi musobaqaning yarim finalida “Traktor Sozi” jamoasiga 1:0 hisobida yutqazib qo'ydi va final yo'llanmasidan mahrum bo'ldi. “Istiqlol” va “Mes Kerman” jamoalari o'rtasida kechgan ikkinchi yarim finalda esa 1:2 hisobida qayd etildi.

Endi bosh sovrin uchun “Mes Kerman” va “Traktor Sozi” jamoasi 18 mart kuni kuch sinashishadi.

Eron kubogi reglamentiga ko'ra g'olib bitta uchrashuv natijasiga ko'ra aniqlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com