"Bunyodkor" rahbariyatining murojaati Bosh Prokuratura tomonidan ko'rib chiqilmoqda

Narzulla Saydullayev
24 noya 2020, 11:54
“Bunyodkor” futbol klubi rahbariyati so'nggi uch yilda yuz bergan iqtisodiy jinoyatlar masalasini ko'rib chiqishni so'rab, shaxsan prezidentga murojaat qilgan.

Bunda gap katta miqdordagi pullarni o'zlashtirish haqida borayotgan bo'lishi mumkin. Klub buxgalteriyasi smeta doirasida ajratilgan mablag'larni o'zlashtirib kelganligi aytilmoqda.

"Prezident portali mazkur murojaatni O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasiga yuborgan. O'FA esa o'z navbatida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'RQ-445-sonli Qonuni 25-moddasiga muvofiq arizada keltirilgan vajlar va holatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organ, jumladan, O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi tomonidan ko'rib chiqishi uchun yunaltirdi", - deydi O'FA xodimi championat.asia saytiga. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia