"Bunyodkor" rahbariyati Anvar G'ofurovga ishonch bildirishga qaror qildi, ammo...

Narzulla Saydullayev
27 mar 2024, 12:38
Xabaringiz bor, mavsumni omadsiz boshlagan "Bunyodkor" klubi bosh murabbiy Ivan Bubalo iste'foga chiqarildi.

3-turda "Navbahor"ga qarshi bahsga "qaldirg'ochlar"ni yosh murabbiy Anvar G'ofurov tayyorladi. "Bunyodkor" bu murabbiy qo'l ostida chempionlikka asosiy da'vogar hisoblangan "Navbahor"ga qarshi o'yinda yaxshi o'yin namoyish eta oldi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Bundan tashqari FIFA kunlari vaqtida "qaldirg'ochlar" Moskvada SSKAga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib qaytishdi. "Bunyodkor" "armiyachilar"ga qarshi o'yinda ham munosib harakat qildi. Shu bois klub rahbariyati yosh mutaxassisga ishonch bildirishga qaror qildi.

Anvar G'ofurov qo'rqmasdan akademiyadan chiqqan yoshlarga imkoniyat bermoqda va jamoani yangi g'alabalar sari etaklamoqda.

Biroq Anvar G'ofurovda PRO licenziyasi yo'qligi bois bir necha yildan buyon "Bunyodkor" akademiyasida ishlab kelayotgan tajribali Sergey Ilyasovich Arslanov rasman bosh murabbiy bo'ladi. U o'tgan yil "Surxon"da ishlagan Sergey Sergeevich Arslanovning otasi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia