

OFKning klublar o'rtasida musobaqalar o'tkazish bo'limi qur'a marosimidan oldin “pley-off”da ishtirok etadigan jamoalar juftliklarini e'lon qildi.
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi guruh bosiqichga chiqish uchun 7 fevral kuni safarda “Al-Jaish” klubi to'sig'idan o'tishi kerak bo'ladi.
Ma'lumki, bu jamoa joriy mavsumda Qatar Yulduzlar ligasida peshqadamlik qilmoqda. E'tiborlisi, bu jamoa tarkibida sobiq “Bunyodkor”chi Sardor Rashidov to'p tepmoqda.
“Al-Jaish” – “Bunyodkor” juftligi g'olibi “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni), “Zob-Ahan” (Eron) va “Al-Ayn” (BAA) jamoalari bilan “S” guruhini to'ldiradi.



