Bunyodkor - Paxtakor. Uchrashuvga kirish bepul!

Narzulla Saydullayev
30 mar 2019
Bunyodkor muxlislarni stadionga chorlaydi!

CocaCola Superliganing 2-turidan o'rin olgan Bunyodkor - Paxtakor uchrashuvi turning markaziy o'yini maqomini olgan. Markaziy, qolaversa, poytaxt derbisini bevosita stadionda tomosha qilish har qanday futbol ishqiboziga zavq bersa ajab emas. Bunyodkor millionlar o'yining ashaddiy ishqibozlariga shunday imkoniyat yaratib bermoqda. Chiroyli, qiziqarli, kurashlarga boy, shiddatli o'yin tomosha qilmoqchimisiz, shunchaki stadionga tashrif buyuring va o'z jamoangizni qo'llab-quvvatlang.

Bunyodkor - Paxtakor uchrashuvini bevosita tribunada tomosha qilishni xohlagan muxlislar bepul chiptalarni o'yin kuni Paxtakor markaziy stadioni darvozalari oldida bunga mas'ul insonlardan olishlari mumkin. Eslatiz o'tamiz, Bunyodkor muxlislariga stadionning 20-21-22 sektorlari ajratilgan.

Bunyodkor muxlislar uchun o'ynaydi!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com