

Bugun mazkur bellashuv oldidan yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishni uchrashuv komissari Aleksandr Davidenko olib bordi va klub mas'ullari bilan o'yinga bog'liq tashkiliy masalalarni muhokama qildi.
Shuningdek, ertangi bahsda jamoalar qaysi rangdagi liboslardan foydalanishi ham ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, Bunyodkor a'zolari to'liq ko'k rangdagi liboslarda harakat qilsa, Paxtakor to'liq oq rangdagi libosdan foydalanadi.
Eslatib o'tamiz, CocaCola Superliganing 2-tur doirasidan o'rin olgan Bunyodkor - Paxtakor uchrashuvi ertaga soat 17:00da Paxtakor markaziy stadionida boshlanadi.




