"Bunyodkor" o'z tarixida ilk marotaba Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etmaydi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2017, 17:22
"Bunyodkor" klubi O'zbekiston Kubogi finalida "Lokomotiv"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

O'zbekiston chempionatida 4-o'rinni olgan va mamlakatimiz Kubogida finalchi bo'lgan "qaldirg'ochlar" kelasi mavsum Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etmaydi. OFK O'zbekistonga "1+2" sxemasida (1ta klub to'g'ridan-to'g'ri, 2tasi esa saralash orqali) kvota ajratgan edi.

Shunday qilib, ketma-ket 10 mavsum Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etib kelgan "Bunyodkor" o'z tarixida ilk marotaba ushbu nufuzli turnirda ishtirok etmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia